
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad filialdagi kasaba uyushmalari ish faoliyatini to‘g‘ri va samarali olib borish, muammolarni bartaraf etish, ish beruvchi bilan birgalikda xodimlar manfaatini himoya qilish faoliyatini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent shahar Kengashi raisi R.Madraimov kasaba uyushmasining asosiy vazifalari, imtiyozlar va majburiyatlari, uning tashkilotlar rivojida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi.
Unda, shuningdek, professional psixolog, falsafa fanlari doktori Jamila Shermuhammedova ham ishtirok etib, jamoa ruhini ko‘tarishda kasaba uyushmalari ilgari surayotgan tashabbuslar har jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Jamoani birlashtirish, bunda ma'naviy-psixologik treninglardan samarali foydalanish zarurligini qayd etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.
Ushbu seminar-trening savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...
Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...
