Ma'naviy yuksalish

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi yugurish marafonida faol qatnashdi


22.04.2024 10:39

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi yugurish marafonida faol qatnashdi

Joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro “BYD-Tashkent International Marathon” hamda "Yangi nafas»" yugurish marafonlarida O‘zsanoatqurilishbank xodimlari faol qatnashdi.

Marafon ishtirokchilari 42 km klassik marafon, 21 km yarim marafon hamda 3 va 10 km masofalari bo‘yicha yugurishdi.

Tadbirda 45 mamlakatidan kelgan 6 mingga yaqin atlet, yugurish bo‘yicha sport ustalari, turli davlat idoralari jamoalari, shu jumladan bank xodimlari ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun. Мarafon umumiy sovrin jamg‘armasi – 720 mln so‘m. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi – marafon masofasi uchun 15 mln so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 mln so‘m.

Bank jamoasi marafonda faol qatnashib, tanlangan masofani bosib o‘tganlari uchun musobaqa medallari bilan taqdirlandi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/30/2024 03:20:34 pm
Korrupsiya – jamiyat rivojiga tahdid soluvchi, tashkilotlar uchun katta yoʻqotishlarga olib keluvchi, insoniyatning esa, huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir.

Korrupsiya – jamiyat rivojiga tahdid soluvchi, tashkilotlar uchun katta yoʻqotishlarga olib keluvchi, insoniyatni ...

04/13/2024 04:55:11 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...

04/02/2024 11:35:09 am
O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ustoz-shogird” loyihasiga start berildi

Loyihaga ko‘ra, ustoz, avvalo, yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, o ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.04.2024 10:40  
up