
O‘zsanoatqurilishbank rebrendingi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi. 9-10 oktyabr' kunlari Toshkent shahrida “TAF” Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tdi. Festival' doirasida TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning 10 nominasiyasida 112 ta brendning 207 loyihasi ishtirok etdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank so‘nggi uch yilda eng yaxshi rebrendingni amalga oshirgan tashkilot sifatida GOLD mukofotiga loyiq deb topildi.
PR va Marketing departamentining fidoyi hamda professional xodimlarini chin qalbimizdan tabriklab, ushbu jarayonga qo‘shgan ulkan hissasi uchun SQB jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz!
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...
Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...

