
Avval xabar berganimizdek, Bankda yosh va iqtidorli xodimlardan iborat "Kaizen teams" jamoasi tashkil etilgan bo‘lib, ular uchun tizimli ravishda Hard va Soft skilss yo‘nalishlarida treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Avgust oyidan boshlab ushbu jamoa uchun 6 oylik "#SQB_MINI_MBA" dasturiga start berildi.
Mazkur dastur quyidagi 7 ta modulni o‘z ichiga oladi:
1. Strategik marketing
2. Xodimlarni boshqarish (HR)
3. Axborot texnologiyalari
4. Biznes jarayonlarni boshqarish
5. Biznes strategiyasi
6. Korporativ moliya
7. Loyihalarni boshqarish (project management)
Dastur rahbari London Brunel Universiteti MBA dasturining 2021 yil bitiruvchisi, SQB Korporativ biznes departamenti direktori Shoxpur Gulto‘raev.
Ta'kidlash joiz, ushbu loyiha aynan London Brunel Universiteti MBA dasturi asosida tashkil etilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad SQB tizimida iqtidorli xodimlarni har tomonlama rivojlantirish va shu orqali yetakchi va top menejerlar zaxirasini yaratishga qaratilgan.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...
Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...

