
2021 yil 16 avgust sanasi SQB jamoacining yosh va shijoatli xodimlaridan biri – Yuridik departament Bosh yuriskonsul'ti Shoxrux Bekmurzaev uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni qahramonimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatiga aylanib, Bel'giyaning "Ghent University"ga o‘qishga kirganligi haqida xabar oldi.
Shoxrux bundan 1,5 yil avval Bankimizning Yuridik departamenti Xalqaro huquqiy munosabatlar boshqarmasiga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan.
U faoliyatining boshidanoq zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajaradigan, hamkasblariga doim yordam qo‘lini cho‘zadigan, o‘ta mas'uliyatli, umidli xodim ekanligini namoyon etdi. Intiluvchanligi, yangi bilim va tajriba to‘plashga doim tayyorligi bilan ajralib turdi.
“Iqtisodiyot tarmoqlarida huquq” yo‘nalishidagi o‘quv dasturi 1 yilga mo‘ljallangan. Bu davr davomida Shoxrux Bryusselning yetakchi banklari va yuridik firmalarida amaliyot o‘tash va Bankimizga katta tajriba bilan qaytishni maqsad qilgan
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...
Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...
