Loyihachi va pudratchi tashkilotlar diqqatiga!


09.04.2025 19:40

Qo‘qon shahri, “Aziztepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 16 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha Bosh loyiha va Bosh pudrat tashkilotlarini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.

Tanlovda eng yuqori reytingga ega va samarali iqtisodiy takliflarni taqdim etgan tashkilotlar g‘olib deb topiladi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda boshlanishi nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan:

Pudratchi tashkilotlar tijorat takliflarini nazorat o‘lchov natijalariga muvofiq aniqlanadigan umumiy qiymatdan chegirma shaklida taqdim etishlari lozim;

Loyihachi tashkilotlar esa loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan belgilangan foiz ko‘rinishida o‘z takliflarini taqdim etishlari talab etiladi.

Takliflar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 52B-uy, “CAPITAL BINO QURILISH” MChJ ofisi

Ma’lumot uchun telefon: +998 (99) 030-50-90
Elektron pochta: psb_capital@mail.ru




Boshqa yangiliklar

08/05/2026 12:20:28 pm
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB sun’iy intellekt uchun ixtisoslashtirilgan serverni ijaraga olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) axborot-tahliliy tizimlari uchun ixtisoslashtirilgan sun’iy intellekt (AI) uchu ...

07/29/2026 10:49:47 am
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB mijozlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish loyihasini b ...

07/22/2026 11:26:43 am
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB sun’iy intellekt va robototexnika laboratoriyasi uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB “Sun’iy intellekt va robototexnika laboratoriyasini tashkil etish” loyihasi doirasida ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.04.2025 19:40  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит