O‘zsanoatqurilishbank rahbari va yoshlar uchrashuvi


30.06.2024 15:54

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning 2023 yil 7 aprldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi.

Bank rahbarining yosh xodimlar bilan uchrashuvida yurtboshimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan ushbu bayram mamlakatimizdagi har bir yigit-qizning kuch-qudrati, salohiyati va iqtidoriga nisbatan ishonch ifodasi ekanligi ta’kidlandi.

– Zero, yoshlik – insonning navnihol davri, bunday paytda yoshlar qancha e’zozlanib, qo‘llab-quvvatlansa, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirilsa, tinch va farovon jamiyatni saqlab qolishda muhim qadam qo‘yilgan bo‘ladi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov.

Darhaqiqat, bank tizimida yoshlarga e’tibor tobora kuchaymoqda.

“Team building”, “Book challenge”, “Kaizen team”, “Ayollar klubi”, “SQB spartakiada”, “Zakovat”, “SQB shaxmat” kabi ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishidagi loyihalar yosh xodimlarning alohida iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarib, jamoada yosh rahbarlar sonining ortishiga omil bo‘lmoqda.

Tadbirda ekologik va ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida tashabbus ko‘rsatayotgan, respublika miqyosdagi sport-sog‘lomlashtirish musobaqalarida faol qatnashayotgan, shuningdek, ilm-fan sohasida yutuqlarga erishgan yoshlar bank faxri ekanligi qayd etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar bank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya va xususiyshlashtirish jarayonlari hamda bankni 2024-2026 yillarda rivojlantirish strategiyasi ijrosi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/10/2026 10:28:20 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

03/10/2026 03:44:26 pm
SQB rahbariyati bank yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv ...

03/10/2026 03:33:39 pm
Yoshlar bilan ishlash – ustuvor vazifa

SQB bosh ofisida alohida eʼtibor talab etiladigan va ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Maʼlumk ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.07.2024 13:07  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит