SQB yoshlari bilan muloqot: g‘oya, tashabbus va imkoniyatlar


27.08.2026 16:40

SQB yoshlari bilan muloqot: g‘oya, tashabbus va imkoniyatlar

SQBning Jizzax hamda Qashqadaryo bank xizmatlari ofislarida yosh xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohi bilan” mavzusida oʻtgan ochiq muloqotlarda mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bank tizimida yosh mutaxassislarning o‘rni haqida fikr almashildi.

Suhbat davomida yoshlarning:

▫️ zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi;

▫️ kasbiy salohiyatini rivojlantirishi;

▫️ yangi g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi;

▫️ mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida faol bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.


Muloqotning yana bir muhim mavzusi — kitobxonlik bo‘ldi. Yoshlar bilan tarix, adabiyot, moliya, bank ishi va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni mutolaa qilishning ahamiyati haqida suhbatlashildi.

Eng muhimi, uchrashuvlar ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Qashqadaryodagi uchrashuvda bildirilgan murojaatlar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Yoshlar fikri, tashabbusi va harakati — taraqqiyotning muhim omili.





Boshqa yangiliklar

08/21/2026 12:01:58 pm
Yoshlar boshqaruv jarayonlarini yaqindan o‘rgandi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabb ...

07/21/2026 10:07:36 am
Yoshlar va ijod – Zominda birlashgan qadriyat

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy ...

04/10/2026 10:28:20 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2026 16:41  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит