
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari bu yil O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida iste’dod, tafakkur va ezgu g‘oyalarni birlashtirgan yirik ijodiy maydonga aylandi.
Jizzax viloyatidagi “Zomin” sihatgohida tashkil etilgan seminar davomida yosh ijodkorlar taniqli adiblar bilan ijodiy muloqotlar o‘tkazdi, mahorat darslari, adabiy suhbatlar va mushoiralarda ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini boyitdi.
Mazkur seminar O‘zsanoatqurilishbank va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasidagi tizimli hamkorlikning muhim amaliy natijalaridan biri bo‘lib, yosh iste’dodlarni kamol toptirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va milliy adabiyot rivojiga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...
26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv ...
SQB bosh ofisida alohida eʼtibor talab etiladigan va ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Maʼlumk ...

