
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan “Rahbar va yoshlar” formatidagi uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
2026-yil 9-aprel kuni Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti (TMC) talabalari ishtirokidagi ana shunday tadbir “Yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalarning drayveri” mavzusida bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida:
– bank faoliyati, zamonaviy moliyaviy xizmatlar hamda raqamli yechimlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi;
– mikro va kichik biznes, chakana va raqamli biznes yo‘nalishlari imkoniyatlari tushuntirildi;
– yoshlar uchun karyera yo‘nalishlari, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi;
– talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Tadbir doirasida talabalar bilan o’zaro fikr almashildi, faol yoshlar rag‘batlantirildi.
Shuningdek, iqtidorli talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur tashabbus yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni bank-moliya sohasiga keng jalb etish va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
SQB – yoshlar bilan birga kelajakni yaratadi!
26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv ...
SQB bosh ofisida alohida eʼtibor talab etiladigan va ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Maʼlumk ...
SQB tomonidan mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar uchun o‘tkazilayotgan timbildinglar davom etmoqda. ...

