Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunbuzilishi holatlarini tezkor oʻrganish va monitoring qilish davomida quyidagi holatlar aniqlandi.
Jumladan, bankning Qo‘qon BXMda faoliyat olib boruvchi 5 nafar xodimlari tomonidan mijozlarga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish jarayonida bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki qoidalar talablariga rioya qilmaslik, mijozlarning faoliyat joylarini o‘rganishda umuman boshqa tadbirkorlik subyektlariga tegishli faoliyat joylarining suratlaridan foydalanganligi, garov mulkini joyiga chiqmagan holda baholanib, ya’ni garov bahosini kelishish dalolatnomasini imzolash oqibatida kredit mablagʻlari noqonuniy ravishda ajratilganligi aniqlandi.
Bank xodimlari tomonidan naqd pul mablagʻlari chiqim chekida familiya va ismi yozilgan shaxsga emas, aksincha belgilangan tartiblarga zid ravishda boshqa shaxsga (bank xodimiga) berib yuborilganlik, qabul qilib olinmagan naqd pul mablagʻlari uchun kirim amaliyotlari bajarilganlik, naqd pul mablag‘larini to‘liq sanamasdan VASh orqali amaliyot bajarilganlik holatlari aniqlandi.
BXM xodimlaridan 2 nafariga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazo chorasi, 3 nafariga nisbatan hayfsan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Fuqarolar va mijozlarda korrupsion omillar yoki qonunbuzilishi holatlariga oid xabarlar mavjud boʻlsa, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga moʻljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...

