Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunbuzilishi holatlarini tezkor oʻrganish va monitoring qilish davomida quyidagi holatlar aniqlandi.
Jumladan, bankning Toshkent shahar BXO/BXMlarida faoliyat olib boruvchi 3 nafar xodimlari tomonidan 3 ta mijozga ipoteka kreditlari ajratilishi jarayonida garov mulklari qiymatini baholashda boshqa uyning rasmlari bankning tegishli ma’lumotlar bazalari (“iABS” dasturi)ga biriktirilganligi, amalda esa kadastr hujjatlari (rasmlari) bo‘yicha boshqa uy garovga olingan holda noqonuniy ravishda kredit ajratilganligi aniqlandi.
Toʻplangan materiallar Toshkent shahar prokuraturasiga aniqlangan holatlarga huquqiy va qonuniy baho berilishi uchun taqdim etildi.
Fuqarolar va mijozlarda korrupsion omillar yoki qonunbuzilishi holatlariga oid xabarlar mavjud boʻlsa, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga moʻljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...