Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunbuzilishi holatlarini tezkor oʻrganish va monitoring qilish davomida quyidagi holatlar aniqlandi.
Jumladan, bankning Toshkent viloyati BXO/BXMlarida faoliyat olib boruvchi 1 nafar xodimi tomonidan 1 ta mijozga “Tezkor” kredit mahsuloti asosida kredit ajratilishi jarayonida garov mulki oʻrganilib, amalda garovga taqdim etilgan turar joy binosi emas, balki uning roʻparasida (qarama-qarshi tomonida) joylashgan uy garov obyekti sifatida rasmga tushirilganligi va bankning tegishli ma’lumotlar bazalari (“iABS” dasturi)ga biriktirilishi natijasida noqonuniy ravishda kredit ajratilganligi aniqlandi.
Toʻplangan materiallar Toshkent viloyati prokuraturasiga aniqlangan holatlarga huquqiy va qonuniy baho berilishi uchun taqdim etildi.
Fuqarolar va mijozlarda korrupsion omillar yoki qonunbuzilishi holatlariga oid xabarlar mavjud boʻlsa, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga moʻljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...