Fargʻonada qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi barpo etiladi


20.01.2023 18:06

Fargʻonada qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi barpo etiladi

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha Kengash raisi Saxi Annaklichev boshchiligida tuman masʼullari, sohaga aloqador muassasa va tadbirkorlar ishtirokida qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Shoʻrsuv” kichik sanoat zonasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi.
Uchrashuvda tumanda qurilish sohasini, xususan, “Shoʻrsuv” kichik sanoat zonasida qurilish materiallarini ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish choralari atroflicha muhokama etilib, bu borada bank tomonidan koʻrsatiladigan amaliy yordam va takliflar maʼlum qilindi.
60 gektar maydonni tashkil etuvchi “Shoʻrsuv” kichik sanoat zonasida birgina “Albus Cement Group” Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi tomonidan dastlabki bosqichda gips, ohak, dekorativ va zamonaviy gisht mahsulotlari, bazalt va boshqa toshlar asosida teploizolyatsiya materiallari, gipsakarton, gazoblok, fibrotsement va sement asosli panellar hamda keramzit kabi qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Zarur xomashyo bazasining “Shoʻrsuv” hududida mavjudligi tayyor mahsulot tannarxiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida mutasaddilar tomonidan kichik sanoat zonasidagi lotlarga shu kabi istiqbolli loyihalarni joylashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash imkoniyatlari haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlab oʻtish joiz, davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga (https://lex.uz/pdfs/5449564) muvofiq, Oʻzbekiston tumani qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilishi hamda tumanda qurilish materiallari klasteri tashkil etilishi (https://lex.uz/pdfs/5871090) belgilangan.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                        Bank Axborot xizmati



Boshqa yangiliklar

08/10/2026 10:21:04 am
Tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Meh ...

08/06/2026 04:52:00 pm
Bank ko‘magi yangi biznes va yangi ish o‘rinlariga zamin yaratmoqda

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotig ...

08/05/2026 12:14:37 pm
Biznes rivoji yo‘lidagi takliflar muhokama markazida

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining yuksak saviyada o‘tkazilishi uchun Oʻzsanoatqurilish ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.01.2023 18:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит