SQB Marketing departamenti Mahsulotlar marketingi xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
28.09.2026 12:26
Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
• Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish.
• Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish.
• Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.
Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi.
• Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati.
• Excel/BI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish.
• O‘zbek tili — C1, ingliz tili — B2, rus tili — C1.

78
Boshqa yangiliklar