SQB Marketing departamenti Mahsulotlar marketingi xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


28.09.2026 10:58

Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz. Asosiy vazifalar: • Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash. • Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish. • Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. • Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish. • Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. • Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish. • Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash. • Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish. Talablar: • Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot. • Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi. • Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi. • Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi. • Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi. • Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati. • Excel/BI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi. • Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish. • O‘zbek tili — C1, ingliz tili — B2, rus tili — C1. Ish joyi: SQB Bosh ofisi, Tashkent City. Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

10/22/2026 11:52:59 am
SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti. Asosiy vazifalar: ...

10/22/2026 10:22:49 am
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...

10/21/2026 04:46:52 pm
SQB Farg'ona BXO, Sirdaryo BXO va Kirguli BXMlariga biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.09.2026 16:01  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит