“PSB Insurance” majburiy sug‘urta xizmatlarini ham taklif etadi


26.08.2019 11:00

“PSB Insurance” majburiy sug‘urta xizmatlarini ham taklif etadi

O‘zsanoatqurilishbank qoshida tashkil etilgan “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi endilikda sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatadi.

2019-yilning 16-avgust kuni “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan umumiy sug‘urta sohasining 17 klassi bo‘yicha faoliyat yuritish imkonini beruvchi litsenziya taqdim etildi.

Aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, korxona va tashkilotlarga sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelayotgan kompaniya bundan buyon mijozlariga majburiy sug‘urta xizmatlarini ham taklif etadi.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, qurilish-montaj xavflarini majburiy sug‘urta qilish, xavfli ishlab chiqarish ob'yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shular jumlasidandir.

Qayd etish joiz, “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi o‘z mijozlariga zamonaviy va tezkor xizmat ko‘satish, ular oldidagi barcha majburiyatlarini to‘liq va vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит