SQB'da favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv seminari va amaliy mashg‘ulotlar


15.03.2025 09:12

  SQB'da favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv seminari va amaliy mashg‘ulotlar

Joriy yilning 3-mart kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida favqulodda vaziyatlarda (zilzila, yong‘in) xodimlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda evakuatsiya qilish mavzuida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida bank xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish, evakuatsiya marhalalari, xavfsizlik yo‘llarini belgilash, zarur uskunalarni ishlatish kabi mavzularda nazariy bilimlar berilgan edi.

Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zilzila vaqti yoki yong‘in chiqqanda xodimlarni bank binosidan evakuatsiya qilish mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Bunda binodan chiqishda evakuatsiya qilishning asosiy va zaxira yo‘llari, favqulodda vaziyatlar uchun maxsus qurilmalardan foydalanish kabi yo‘nalishlarda ko‘rsatmalar berildi.

Mashg‘ulotlarda bank xodimlari bilan birga, favqulodda vaziyatlar xizmatchilari ham qatnashib, tizimli va samarali evakuatsiyaning muhim jihatlarini namoyish etdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur amaliy mashg‘ulotlar hamda o‘quv seminarlari xodimlarning xavfsizlikka bo‘lgan munosabatini mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarda tez va xavfsiz harakat qilishga imkon beradi.

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.03.2025 09:30  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит