2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi ma'qullandi


30.08.2023 17:13

2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi ma'qullandi

2023-yil 30-avgust kuni O'zsanoatqurilishbank bosh ofisida bank Mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Bosh Bank va uning huzuridagi Amaliyot boshqarmasi xodimlari shuningdek, barcha tarkibiy bo‘linmalardan delegatlar qatnashdi. 

Yig'ilishda ish beruvchi tomonidan Bank xodimlarining ijtimoiy himoyasi yo'nalishida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar  hamda Bank Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-yilgi faoliyati to'g'risidagi hisobotlari tinglandi.  Shuningdek, 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan meʼyoriy hujjat - Jamoa shartnomasini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi. 

Yig'ilish so'ngida delegatlar yangi jamoa shartnomasini bir ovozdan ma'qulladi.

https://youtu.be/z_Deqjn_eBA?si=m2KplXC1ItSxA0R8

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.08.2023 19:52  
up