2023-yilda eng koʻp qurilish materiallari Qozogʻistonga eksport qilindi


11.01.2024 13:21

2023-yilda eng koʻp qurilish materiallari Qozogʻistonga eksport qilindi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida 2023-yilda qurilish materiallari eksporti tahliliga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Taʼkidlanishicha, hisobot davrida tarmoqda mahsulotlar eksport hajmi 2022-yilga nisbatan 105,5 foizga oʻsib, 645 mln. dollarga yetgan.

Eksport qilingan mahsulotlarning 27 foizi metall buyumlar, 10 foizi keramika mahsulotlari, 14 foizi PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 8 foizi quruq qurilish qorishmalari kabi mahsulotlar ulushiga toʻgʻri keldi. Eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 dan 65 ga oshgan boʻlsa, eksport geografiyasi 43 davlatdan 53 taga yetkazildi.

Davlatlar kesimida tahlil qilinganda eksport qilingan mahsulotlarning 34,5 foizi Qozogʻiston, 17,4 foizi Qirgʻiziston, 12,6 foizi Tojikiston, 12,3 foizi Rossiya, shuningdek, Litva (3,2 foiz) va Xitoy (2,3 foizi) davlatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Bundan tashqari, 2023-yilda Tailand, Belgiya, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya kabi davlatlar bozorlari ham oʻzlashtirildi.

Eksport qilinayotgan qurilish materiallari nomenklaturasiga 10 dan ortiq mahsulotlar qoʻshildi.

  Brifingda eksport koʻlamini yanada oshirish, yangi hamkorlarni topish, mahsulotlarni tashqi bozorlarga “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” degan yorliqda chiqarib, milliy brend tanilishiga koʻmaklashish boʻyicha izchil ishlar olib borilayotgan maʼlum qilindi.

 Shu maqsadida uyushma tomonidan mahalliy tadbirkorlarning xalqaro koʻrgazmali forumlarda ishtirok etishiga koʻmaklashilmoqda. Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston savdo uylarini ochish choralari koʻrilmoqda.

Ayni paytda ana shunday savdo uyi Ozarbayjonda tashkil etildi. Joriy yilda bunday “Savdo uylari”ni Arkadagʻ, Astana, Istanbul, Qorabogʻ shaharlari hamda Latviya va Litva davlatlarida ochish rejalashtirilgan. 

Tadbirda qayd etilganidek, tarmoqda yangi quvvatlarning yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarning eksportga jalb qilinishi hisobiga baʼzi turdagi qurilish materiallari eksporti bir necha barobarga oshirildi.

Xususan, 2022-yilga nisbatan keramik plitkalar 2,1 barobarga, gulqogʻoz 3,3 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 2,5 barobarga, metall buyumlar 3,4 barobarga koʻp eksport qilindi.


Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.01.2024 10:49  
up