SQB jurnalistlar uchun Andijon viloyatidagi "Ko'hna buloq" korxonasiga press-tur uyushtirdi


29.08.2023 17:49

SQB jurnalistlar uchun Andijon viloyatidagi "Ko'hna buloq" korxonasiga press-tur uyushtirdi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda ishga tushirilgan loyihalar bilan jurnalistlarni tanishtirish tadbirlari faol davom etmoqda. Joriy yilning 24-avgust kuni shu maqsadda Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Ko’hna Buloq” korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Ma’lumki, kichik biznes – bu mahallaga, tumanga yangi muhit olib kiradigan, odamlarga shij́oat beradigan katta kuchdir.
Iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan ko‘plab davlatlarda ish o‘rinlarining 70-80 foizi mazkur soha vakillari tomonidan yaratilmoqda. O’zsanoatqurilishbank ham kichik biznes yo’nalishini moliyaviy qo’llab-quvvatlash va bu orqali hududlarda yangi ish o’rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Buning amaldagi samarasi o’laroq, Respublikaning chekka hududlarida faoliyatini boshlagan kichik-kichik korxonalar bugunga kelib yirik ish beruvchi va eksportyor maqomini olmoqda. Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida joylashgan “Ko’hna Buloq” MChJ ham shular jumlasidan. 2016-yilda faoliyatini 30 ta tikuv mashinasi bilan boshlagan korxonaning bugunga kelib xodimlari soni 560 nafarga yetdi. Yiliga 3 mln. AQSH dollariga teng tayyor mahsulot xorij bozorlariga yetkazib berilmoqda.

- Har bir tadbirkorning maqsadi, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlarini eksportga yo’naltirish hisoblanadi, – deydi korxona rahbari Bobur Rejabov. – Biz ham shu yo’lda O’zsanoatqurilishbankdan birinchi bosqichda 495 ming AQSH dollari miqdorida kredit olib, Xitoydan to’quv va kompresspor uskunalarini olib keldik. Ikkinchi bosqichda esa bank ajratgan 499 ming AQSH dollariga Germaniyadan tikish, bichish, quritish va dazmol qiluvchi uskunalar olib kelindi. Birgina “Bloomer” rusumli matoni avtomat kesishga mo’ljallangan uskunamiz sutkasiga 3 tonna xomashyo yoki 12 ming dongacha tayyor matoni kesib berish xususiyatiga ega.

Korxona tomonidan kelgusida “Tayyor mahsulotlarga turli rangli muxr va shtamplarni bosish” loyihasini amalga oshirish, natijada 200 nafar qo’shimcha ish o’rni yaratish, qolaversa eksport ko’rsatkichini 2 baravarga oshirish rejalashitirilgan.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Eksportbop trikotaj mahsulotlari haqida maʼlumotlarga ega boʻldi.

https://www.youtube.com/watch?v=WOcZBPaLhdQ
 
Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.08.2023 12:49  
up