ATB "O‘zsanoatqurilishbank" "Omadli karta" bayramona o‘yinini e'lon qiladi!


24.08.2021 09:12

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan SQBning xalqaro Mastercard kartalari egalari uchun "Omadli karta" tanlovini e'lon qilamiz va 30 dona sovrinni sovg‘a qilamiz!

Sovrinli o‘yinimiz 24 avgust kuni boshlanib, roppa-rosa 30 kun davom etadi.

Ushbu vaqt ichida, siz O‘zsanoatqurilishbankning istalgan filialida milliy yoki xorijiy valyutada Mastercard kartasini ochishingiz va undan foydalanishni boshlashingiz lozim.

 Sovrinli o‘yin qatnashchisiga aylanish uchun, SQBning Mastercard kartasida istalgan pul miqdorida atigi 1 ta operatsiyani bajaring, masalan:

- internetda onlayn xarid uchun to‘lovni amalga oshiring;

-  JOYDA mobil ilovasida pul o‘tkazmasini amalga oshiring;

- HUMO terminalida tovar va xizmatlar uchun to‘lov kiriting;

- Mastercard kartasidan chet el safari paytida foydalaning!

Quyidagi sovrinlardan birining egasi bo‘lish imkonini boy bermang:

•  Galaxy Tab S6 Lite planshetlari - 10 dona;

•  amazfit gs 2e black aqlli soatlari - 10 dona;

•  Galaxy Buds Live naushniklari - 10 dona.

Sovrinli o‘yin g‘oliblarini 30-sentabr kuni Instagramdagi sahifamizda jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlaymiz.

Aksiya ishtirokchilari ro‘yxatini o‘yin boshlanishidan bir necha soat oldin SQBning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilamiz. 

Har bir ishtirokchiga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.08.2021 19:14  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит