Bank buxgalterlari Buxoroda: ham sayohat, ham o‘qish


18.03.2019 11:19

Bank buxgalterlari Buxoroda: ham sayohat, ham o‘qish

Yasharish va yangilanish fasli – Navro‘z ayyomi arafasida 15-16-mart kunlari O‘zsanoatqurilishbankning bir guruh xodimlari uchun qadimiy Buxoroi sharifga sayohat uyushtirildi.

photo_2019-03-16_18-50-23.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohatini tashkil qilish vazifasi belgilangan.

Sayohatning dastlabki kuni bank xodimlari hududdagi yetti pir – Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Hazrat Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband majmualarini ziyorat qildilar, Peshko‘ tumanining Afshona qishlog‘idagi Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi eksponatlari bilan tanishdilar.

photo_2019-03-16_18-50-25.jpg

Buxoro shahridagi Somoniylar maqbarasi, Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Abdullaxon timi, Zargaron, Telpakfurushon va Sarrofon toqlari, Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, Labihovuz majmuini, shuningdek, Buxoro tumanidagi Chorbakr majmuini kabi tarixiy obidalarning o‘ziga xos me’moriy jihatlari, ular haqidagi qiziqarli afsona va rivoyatlar, tarixiy voqealar bank xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

photo_2019-03-16_18-50-36.jpg

O‘zsanoatqurilishbank mehnat jamoasi uchun uyushtirilgan sayohat dasturida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan seminar ham o‘rin oldi.

photo_2019-03-16_18-50-47.jpg

O‘quv mashg‘ulotida bank xodimlari soliq tizimining yangi kontseptsiyasi mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Bank tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi soliq kontseptsiyasi asosida yuritish uslublari, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiy tahlil mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

photo_2019-03-16_18-50-53.jpg

Buxoro bo‘ylab sayohat hamda seminarda Bank bosh ofisi, Toshkent shahri hamda viloyatlardagi filiallar buxgalterlari ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up