O‘zsanoatqurilishbank tomonidan trnsformatsiya jarayonlaridan so‘ng xo‘jalik ishlarining to‘g‘ri yuritilishiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda bank bosh ofisi hamda hududiy tarmoqlarda xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, bank faoliyatini transformatsiya qilish kompleks tarzda amalga oshirilmoqda. O‘zgarishlar nafaqat bank biznes faoliyatida, balki ishlab chiqarish, ish yuritish jarayonlarida aks etmoqda.
Seminarda xodimlarga zamonaviy mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanish usullari atroflicha tushuntirildi.
Bank tarmoqlarida xaridlarni tashkil etish hamda ularda asosiy vositalar va bank ombori hisobini yuritish borasida ham tushuncha berildi.
Bank Axborot xizmati
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...
2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
...
