Bank va taʼlim sohasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda


25.01.2025 15:29

Bank va taʼlim sohasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank hamda Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti vakillari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, IT infratuzilmasini mustahkamlash, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda internet va mobil banking xizmatlarini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston milliy universiteti bilan bank sohasiga oid innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, biznes jarayonlar va boshqaruv sifatini oshirish hamda optimallashtirishga qaratilgan kelishuv imzolangan. Oliygoh qoshida bankning “Kiberxavfsizlik” laboratoriyasi tashkil etilgan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov hamda“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Anvar Ergashev amaldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashdi.

Bank tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, tahliliy, kiberxavfsizlik va dasturiy taʼminotlar yaratish boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

“Kiberxavfsizlik” laboratoriyasini yanada boyitish, iqtidorli talabalar uchun bank stipendiyasini taʼsis etish, bank tomonidan talabalarning startap loyihalarini qoʻllab-qoʻvvatlash, matematika, kiberxavfsizlik va dasturlash boʻyicha olimpiadalar tashkil qilishga kelishib olindi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.01.2025 11:27  
up