
Oʻzsanoatqurilishbank komplayens nazorati xizmati xodimlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro komplayens assosiatsiyasi (International compliance association – ICA) sertifikatiga ega boʻldi.
Bank tizimida korrupsiyaga qarshi komplayens nazoratining joriy etilishi korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilish barobarida, muassasaning jahon moliya hamjamiyatida oʻrnini yaxshilashga, xalqaro reytingini barqarorlashtirishga hamda investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bois Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlariga asoslangan tizimini joriy etish choralari koʻrilmoqda.
Xususan, tizimda komplayens nazorati tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida 30ga yaqin xodimlar Xalqaro komplayens assosiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn kursda oʻqitildi.
Oʻquv mashgʻulotlarida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tartibga solish, bunda risklarni boshqarish va muvofiqlashtirish, korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, muassasaning investitsion jozibadorligini oshirish, faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)ni taʼminlash kabi sohaning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.
Uch oy davom etgan kurs yakunida tinglovchilar test sinovlaridan oʻtkazilib, ularga ICAning muvofiqlik asoslari sertifikati topshirildi.
Qayd etish joiz, Xalqaro komplayens assosiatsiyasi (ICA) kompleans boʻyicha mutaxassislarni birlashtiruvchi yagona xalqaro tashkilotdir. Uning faoliyati asosan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va moliyaviy firibgarlikning oldini olish boʻyicha kompleans nazorati mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan.
Bugugi kunda ICAning Dubay va Singapurda ham mintaqaviy ofislari joylashgan boʻlib, oʻzaro tajriba almashayotgan 10 mingga yaqin aʼzosi mavjud.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...

