Bank xodimlari mahsulot joriy qilishda risklarning oldini olishga qaratilgan ilg‘or ko‘nikmalar orttirdi


23.01.2025 14:53

 Bank xodimlari mahsulot joriy qilishda risklarning oldini olishga qaratilgan ilg‘or ko‘nikmalar orttirdi

O‘zsanoatqurilishbank xodimlari uchun risk madaniyatini rivojlantirish loyihasi doirasida o‘quv kurslari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar Rossiyaning “Akselerator FRII” kompaniyasi murabbiylari tomonidan olib borildi.

O‘zsanoatqurilishbankni transformatsiya qilish jarayonida tizimning barcha yo‘nalishlari qatori risk menejmenti ham xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Risklarni samarali boshqarish va takomillashtirib borishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv kursida 5 ta mahsulot bo‘yicha biznes tuzilmalar xodimlaridan iborat jamoalar shakllantirildi. Ularga uch bosqichli ta’lim dasturi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Xususan, dastlabki o‘quv mashg‘uloti bank mahsulotlari kompetensiyalarini tashxislashdan boshlandi. Mahsulot menejerlarining kompetensiyalari test orqali baholanib, kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi. Ularga kasbiy, texnik ko‘nikmalar (hard skills) berilib, dasturni metodologik yangilash, ichki hujjatlar va mahsulotlar bilan ishlash jarayonlari o‘rgatildi.

Navbatdagi bosqichda mahsulot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar olib borildi. Ishtirokchilar trenerlar ko‘magida mahsulotlar gipotezalarini ishlab chiqishdi.

– Natijada, bank xodimlari fleksif metodologiyalar, amaliy vositalar, freymvorklar, artefaktlar kabi mahsulot yaratish va uni yuritishning samarali vositalari bilan tanishishdi, – deydi “Akselerator FRII” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Kalayev. – Shuningdek, ishtirokchilar olgan bilimlarini amaliy qo‘llagan holda, tajribali ekspert-trenerlar bilan 5 ta mahsulot gipotezasi (MVP)ni ishlab chiqib, uni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘quv kursi mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha jamoalarning kuchli va zaif tomonlarini baholashga imkon berdi. Ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bankda yangi mahsulotlar bilan ishlash uchun yagona va shaffof jarayon shakllantirildi.

– O‘quv dasturi davomida biz, menejerlar komfort zonadan chiqib, yangi bank mahsulotini yaratishda muammolarni aynan mijoz nazari bilan hal qilishga qaratilgan yangi bilimlar oldik, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Chakana biznes departamenti menejeri Marjona Yusupova. – Mijoz istagi, uning bank mahsuloti yoki xizmatidan foydalanishga tayyorligi, shuningdek, mahsulot iqtisodi, uni joriy qilish sabablarini topish va tahlil qilishning zamonaviy usullarini o‘rgandik.

Kurs so‘ngida 20 nafar xodim sinov testlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/13/2026 09:06:18 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilis ...

10/13/2026 05:18:41 pm
Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiv ...

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.01.2025 14:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит