
Bugun, 11-aprel kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida an’anaviy «BankExpo-2019» – bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi ish boshladi.
Unda O‘zsanoatqurilishbankning yangi brend ostida o‘ziga xos zamonaviy uslubda bezatilgan yorqin stendi hamda innovatsion xizmatlari ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.
Stend markaziga yirik LED monitor o‘rnatilgan bo‘lib, unda Bank xizmat va mahsulotlari haqida maxsus rolik namoyish etilmoqda.
Tashrif buyuruvchilar orasida ishbilarmonlar va bo‘lg‘usi tadbirkorlar diqqatini “Kredit supermarketi”, yoshlarni esa ham esdalik uchun sur’atga tushish, ham tanlovda qatnashib sovrindor bo‘lish imkonini beruvchi “Foto hudud” o‘ziga jalb qilmoqda.
Kunnig ikkinchi yarmida mazkur “Foto hudud” bo‘yicha e’lon qilingan tanlovning dastlabki ikki nafar g‘olibi aniqlanib, ularga bank logotipi aks ettirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi 13-aprelga qadar davom etadi. Uning doirasida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar – aktsiya, tanlov va taqdimotlar talaygina.
Bank Axborot xizmati

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
...
Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

