DIQQAT! Firibgarlikdan ogoh boʻling!


06.02.2023 17:42

DIQQAT! Firibgarlikdan ogoh boʻling!

Ijtimoiy tarmoqlarda aholining muayyan qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatish haqidagi xabarlar fonida firibgarlar tomonidan fuqarolarning plastik karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritishga urinishlar koʻpaymoqda. Bunday holatda ishonuvchan hamda moliyaviy savodxonlik darajasi yetarli boʻlmagan fuqarolar juda tez firibgarlik tuzogʻiga tushmoqda.
Yodda tuting!

Firibgarlar Sizga oʻylash uchun vaqt qoldirmaydi. Turli chalgʻituvchi gaplari bilan ayyorlarcha Sizdan oʻziga kerakli maʼlumotlarni olishga urinadi.

Shuning uchun ular “tuzogʻi”ga tushib qolishning oldini olish va mablagʻlaringiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida Sizdan quyidagi tavsiyalarimizga amal qilishingizni soʻraymiz:

– Oʻzini bank, huquqni muhofaza qilish idorasi yoki biron savdo tashkiloti xodimi deb tanishtirgan notanish fuqarolardan qoʻngʻiroq boʻlganda, ularning soʻzlariga yoki koʻrsatmalariga amal qilishga shoshilmang va shaxsiy maʼlumotlaringizni oshkor qilmang. Yaxshisi, suhbatni tugating va qoʻngʻiroq qiluvchilar aytgan tashkilot bilan qayta bogʻlanib, ular tomonidan sizga berilgan maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekaniga aniqlik kiriting;

– har qanday sharoitda ham bank kartangiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (karta raqami, PIN-kod, bank kartasining old qismi rasmlari) hamda oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni begona fuqarolarga oshkor qilmang va yubormang;

– oʻzingizga tegishli boʻlgan bank kartasi maʼlumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilmang;

– maxfiy maʼlumotlarni kiritishingiz, roʻyxatdan oʻtishingiz kerak boʻlgan saytlarda HTTPS:// prefiksi mavjudligini tekshiring;

– agar tashkilotlarning sayti yoki sahifasi haqiqiyligiga shubha qilsangiz, ushbu tashkilot bilan bogʻlaning va maʼlumotlarga aniqlik kiriting;

– imzolanadigan barcha hujjatlarni diqqat bilan oʻqing, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini qayta tekshiring;

– ushbu oddiy tavsiyalarni yoshi ulugʻ qarindoshlaringiz va oʻsmirlarga tushuntirib boring.

https://www.youtube.com/watch?v=i4QVO1nJJRo

https://www.youtube.com/watch?v=tyUj5fmO7PM

https://www.youtube.com/watch?v=SZQOiZvpvNY

https://www.youtube.com/watch?v=8fDM-ZPEFGg






Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.02.2023 17:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит