ENDI HAMMASI BIR JOYDA!


07.05.2020 18:19

ENDI HAMMASI BIR JOYDA!

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan JOYDA deb nomlangan yangi mobil ilova ishga tushirildi.

Ilova odatdagi mobil ilovadan farq qilib, u bank xizmatlari bilan bir qatorda savdo tashkilotlarini oʻzida birlashtirgan unikal platforma hamdir.

– Biz bugungi kun mobil ilova foydalanuvchilari talabiga monand yorqin va qiziqarli mahsulot yaratishga harakat qildik, – deydi Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov. – JOYDA – yangi avlod vakillari tiliga mos, yengil uslub va zamonaviy dizayn bilan taqdim etilmoqda. Ilova nomi ham bank xizmatlari, ham tovar va mahsulotlar xaridi bir joyda ekanligini ifodalaydi.

Yaʼni, endilikda mijoz JOYDA ilovasi marketpleysidagi istalgan tovarni hech qanday hujjatlarsiz xarid qilib, pulini boʻlib toʻlash imkoniga ega boʻladi. Bunda bank krediti onlayn rasmiylashtirilib, tovarlar koʻrsatilgan manzilga bir ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi.

Eʼtiborlisi, mazkur xizmatdan barcha tijorat banklari mijozlari foydalanishlari mumkin. Ilova orqali amalga oshiriladigan har bir xarid uchun Bank alohida sovgʻa – Visa Gold kartasi va mahsulot sugʻurtasini ham vaʼda qilmoqda.

Taʼkidlanganidek, yangi ilovada anʼanaviy bank xizmatlari saqlab qolingan. 

Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartadagi pul mablagʻlarini boshqarish, uni zarur holatda tezda blokka tushirish, kartalararo oʻtkazmalarni amalga oshirish (bunda, Oʻzsanoatqurilishbank kartalari oʻrtasidagi oʻtkazmalar uchun komissiya toʻlovi – 0%, boshqa banklarning kartalariga esa – 0,5%) shular jumlasidandir.

Ilovada maxsus chat orqali xabar yuborish imkoni ham mavjuddir.

Eslatib oʻtamiz, hozircha ilova orqali sotib olingan tovarlarni yetkazib berish xizmati faqat Toshkent shahri boʻyicha amalga oshiriladi.
JOYDA ilovasi Google Play va AppStore orqali ham Android, ham iPhone telefonlariga yuklanadi.

Xizmat haqida batafsil maʼlumotni @sqbsupportʻga yozib yoki  +998-71-200-43-43 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan holda olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...

10/12/2026 12:08:27 pm
SQB yoshlari: raqamli xavfsizlik va barqaror kelajak

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...

10/12/2026 11:53:21 am
“SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun murosasiz bahs bo‘lib o ...


 
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит