Fargʻonada elektrotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark qurilishi boshlandi


12.09.2024 10:26

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Eltech Industrial” texnoparkida “sanoat ipotekasi” asosida dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi. Loyihalar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida hududlarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy kompaniyalarni Oʻzbekistonga keng jalb qilib, yurtimiz eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan bu kabi yirik sanoat majmualari bugun mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim “drayveri”ga aylanib bormoqda.

2.JPG 3.JPG

Ushbu gʻoyaning mantiqiy davomi sifatida Prezidentimizning joriy yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra “Eltech Industrial” texnoparki faoliyati yanada kengaytirildi. Xususan, texnoparkning Fargʻona va Xorazm viloyatlarida alohida filiallari tashkil etilib, u yerda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan Ohangaron, Fargʻona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratilishi va bu yoʻnalishdagi aniq loyihalar uchun “tayyor bino” qurilib, “sanoat ipotekasi” shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga berilishi belgilandi. Ushbu korxonalarga mol-mulk va foyda soligʻidan 50 foizgacha imtiyoz berilishi koʻzda tutildi.

Fargʻona shahrining “Eko shahar” hududida qurilishi boshlangan texnoparkning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil qiladi. Uni infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqildi, 25 mln. AQSH dollariga teng 4 ta loyiha paketi shakllantirildi.

Jumladan, ular orasida avtomobillar uchun audio-radio qurilmalar va boshqa multimedia butlovchi qismlari ishlab chiqarish loyihasi ham oʻrin olgan boʻlib, u dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi Turkiyaning “DAIICHHI Elechtronich” kompaniyasi hamkorligida tadbiq etiladi.

Texnopark hududida ijtimoiy infratuzilma obyektlari davlat-xususiy sherikchilik asosida joylashtirilishi ham koʻzda tutilgan. Bu borada kadrlar masalasiga alohida ahamiyat berilib, texnopark hududida dual taʼlim asosida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish uchun monomarkazlar, oʻquv xonalari hamda laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Texnopark ishtirokchilari uchun kiritiladigan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk, yer, daromad va suv kabi qator soliqlar toʻlashdan ozod qilinishi belgilab qoʻyilgan.

 

Bank Axborot xizmati

 

 





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.09.2024 10:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит