Faxriylar hamisha e'zozda


09.05.2020 19:15

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida faoliyat yuritgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari ulashildi.

Xotira – ajdodlar jasorati va oʻgiti bilan bogʻliq tengsiz maʼnaviy merosni anglatsa, qadr – kishi turmush-tarzi va faoliyatini munosib baholab, ruhini yuksaltiruvchi olijanob amaldir.

Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni har yili eng aziz bayramlarimizdan biri, sharqona urf-odatlarimiz timsoli sifatida keng nishonlanib, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari, front ortida jasorat koʻrsatgan piru badavlat keksalar hamda mehnat faxriylariga alohida ehtirom koʻrsatiladi.

Jumladan, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ham uzoq yillar faoliyat yuritib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan nafaqadagi bankchilarni yoʻqlash anʼanaga aylangan.

Kuni kecha bank rahbariyati boshchiligida bir guruh yosh xodimlar ana shunday mehnat faxriylari xonadoniga tashrif buyurgan holda, ular koʻngliga ham bayram shukuhini kiritib, ham duolarini olishga muvaffaq boʻldilar.

– Katta avlod vakillari bilan uchrashuv biz yoshlar uchun doim ibrat maktabi boʻlgan, – deydi Kichik biznesni kreditlash departamenti boshqarma boshligʻi Jasur Boltayev. – Bugun ham faxriylarimiz holidan xabar olganimizda ulardagi vatanparvarlik va shukronalik hissi qalbimizga koʻchib, ruhan sokinlikka erishdik. Ishda halollik va fidoyilikni kasb etgan doim qadr topishini tushunib yetdik.



Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2020 20:15  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит