
Osiyodagi nufuzli nashrlardan biri Finance Asia da O’zbekistonning xalqaro kapital bozoriga chiqishiga bag’ishlangan tahliliy maqola chop etildi.
Maqolada O’zbekiston tarixida ilk marotaba 2019-yilda Moliya vazirligi tomonidan suveren yevroobligatsiyalar hamda O’zsanoatqurilishbank tomonidan korporativ yevroobligatsiyalarining chiqarilishi va xalqaro qarz bozorida muvaffaqiyatli joylashtirilishi tahlil qilinadi.
Materialda O’zsanoatqurilishbank tomonidan o’tgan yil noyabr oyida London fond birjasida joylashtirilgan korporativ yevrobondlarning o’rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Muallifning ta’kidicha, “boshqa banklar ham O’zsanoatqurilishbank izidan borishiga hech kim shubha qilmayapti”. Bunga, albatta, ushbu ilk tarixiy qadamning muvaffaqiyatli tashlangani asosiy omil bo’lmoqda.
Bank Axborot xizmati
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...
2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
...
