“Fitch Ratings” Oʻzsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi


11.01.2023 13:40

“Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyasi Oʻzsanoatqurilishbankning uzoq muddatli kredit reytingini barqaror prognozi bilan “BB-” darajasida tasdiqladi.

Agentlik xabariga koʻra, bankning kredit reytingi barqaror biznes profili, yetarli moliyalashtirish pozitsiyasi va kapitalining yetarliligi darajasi bilan belgilanadi.

Xalqaro tahlilchilar bankning hisobot sanasiga koʻra, Oʻzbekiston banklari orasida aktivlari hajmi boʻyicha ikkinchi, kapital boʻyicha esa, uchinchi oʻrinni egallab turgan mustahkam bozor pozitsiyalarini qayd etdi.

“Barqaror”lik prognozi 12-18 oylik istiqbolda reytingning oʻzgarmasligini anglatadi.

Bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbank respublikaning ikkinchi yirik banki boʻlib, asosiy strategik sohalarda kuchli korporativ mijozlar bazasiga ega.

Xususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlik doirasida Bank kreditlash blokini (ayniqsa, kichik va oʻrta biznes hamda chakana savdo sohasida) rivojlantirish va korporativ boshqaruv infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ichki tizimni isloh qilish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi.

Hozirda ham muassasa Oʻzbekistonda oʻz biznes mavqeini mustahkamlashda faol davom etmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.01.2023 13:41  
up