
Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Gazprombank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev boshchiligidagi bank delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar banklar o‘rtasida hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar banklar oldiga ham qator vazifalarni qo‘yayotgani ta’kidlandi.
O‘zsanoatqurilishbankning xalqaro qarz bozoridagi debyuti – 300 million dollarlik yevrobondlarning ahamiyati Gazprombank mutasaddilari tomonidan yana bir bor e’tirof etilib, bu O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalar uchun ham benchmark bo‘lishi qayd etildi.
Gazprombank delegasiyasi, shuningdek, mamlakatimiz ishbilarmonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Bank Axborot xizmati
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...
2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
...
