Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi


13.12.2024 09:55

Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universiteti professori Viktor Mesherin jalb etildi.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda yuqori malakali muhandislarni tayyorlash hamda oliy o‘quv yurtlari bilan sanoat o‘rtasida uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi tashabbuslar ma’lum qilindi.

Xususan, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi aytildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining qurilish materiallari sohasini ilm-fan va tadqiqotlar ko‘magida yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan ustuvor vazifalari asosida “O‘zsanoatqurulishmateriallari” uyushmasiga Germaniyaning Drezden texnika universiteti qoshidagi Qurilish materiallari instituti direktori, professor Viktor Mesherin (Viktor Mechtcherine) xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi.

Endilikda germaniyalik maslahatchi ko‘magida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy jihatdan hal etilishi lozim bo‘lgan tizimli, texnologik va dolzarb muammolarga mahalliy olimlar hamda ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirokida yechim topib boriladi.

Shu maqsadda Drezden texnika universiteti bilan 4 ta asosiy yo‘nalish, jumladan, sohani texnologik rivojlantirish, tarmoqdagi standartlar, normalar va qoidalarni takomillashtirish, yangi va energiya samarador qurilish materiallarini yaratishga oid texnologiyalarni transfer qilish hamda tarmoq uchun zarur oliy malakali muhandis, texnologlarni tayyorlash yo‘lida hamkorlik ishlari boshlab yuborildi.

Qayd etish joiz, Drezden texnika universiteti G‘arbiy Yevropa universitetlari reytingida 38-o‘rinni, Yevropa ittifoqi mamlakatlari universitetlari reytingida 93-o‘rinni egallaydi. Universitet qoshidagi Qurilish materiallari instituti esa, nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa davlatlari qurilish materiallari sahasiga yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan nufuzli ta’lim muassasasi sanaladi.

Ma’lumot uchun: Professor Viktor Mesherin Germaniya Milliy fan va muhandislik akademiyasi a’zosi, Qurilish materiallari, tizimlari va konstruksiyalari bo‘yicha laboratoriyalar va ekspertlarning xalqaro ittifoqi raisi, Germaniya tadqiqot fondi kollegiyasi, Germaniya “GreenTec” barqarorlik mukofoti sohibidir.

Olimning 500ga yaqin ilmiy maqolalaridan 17 mingta iqtiboslar keltirilgan, H indeksi 74ga tengdir. Uning 2021-2023-yillar mobaynida qurilish muhandisligi bo‘yicha chop ettirgan tadqiqot materiallari eng ko‘p o‘qilgan ilmiy maqolalar sifatida Germaniyada birinchi, dunyo miqyosida esa, Top-25 reytingidan o‘rin olgan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.12.2024 09:56  
up