Islomiy moliyalashtirish bo‘yicha ochiq muloqot


05.11.2018 13:01

Islomiy moliyalashtirish bo‘yicha ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank”da Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) ijrochi direktori janob Usama Kaissi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab O‘zbekiston tomoni Islom taraqqiyot banki (ITB) hamda ITB guruhiga kiruvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikka yuqori baho berdi.

Shundan so‘ng «O‘zsanoatqurilishbank» vakillari IIEKSK bilan hamkorlikda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida “Islomiy bank xizmatlari darchasi”ni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi.

“Islomiy bank xizmatlari darchasi”da shariat tamoyillari asosida yangi moliyaviy xizmatlar joriy etiladi. Tuzilma musulmon mamlakatlari moliyaviy sektorlaridan pul resurslarini jalb qilish, moliya-bank sektorida raqobatni mustahkamlash va kuchaytirishga munosib hissa qo‘shadi.

Uchrashuvda mamlakatimizda mahalliy tijorat banklar hamda xususiy sektor vakillarining islomiy moliyalashtirish instrumentlariga talabi yuqoriligi hisobga olinib, IIEKSK vakillarining tashrifi bu borada katta imkoniyat berishiga umid bildirildi.

Tadbirda korporatsiya faoliyati, jumladan, tashkilotning asosiy missiyasiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo amaliyotlari va investitsiyalari hajmini kengaytirish eksport kreditlarini sug‘urtalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarni jalb qilish orqali kengaytirilishi qayd etildi.

Ma’lumot. IIEKSK 1994 yil 1 avgustda xalqaro tashkilot maqomida tashkil etilib, u Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda korporatsiya a’zolari ITBga a’zo 44 mamlakatdir.

IIEKSK - bu eksport kreditlash, siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urtalash hamda islom shariati tamoyillari asosida qayta sug‘urtalash xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi yagona multimilliy sug‘urta kompaniyasidir.

IIEKSK tomonidan eksport kreditlari va investitsiyalarini sug‘urtalash bo‘yicha quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:

- eksport kreditlarini sug‘urtalash eksportchilarning tijorat va/yoki siyosiy tavakkalchiliklarini amalga oshirish natijasida yuzaga keluvchi eksport qarzni to‘lamaganlikdan himoya qiladi;

- tashkilotning investitsiyalarni sug‘urtalashi investorlar va qarzdorlarni siyosiy (mamlakatga doir) tavakkalchiliklardan himoyalaydi;

- eksport kredit agentliklari (EKA) uchun qayta sug‘urtalash xizmatlarini ko‘rsatadi.





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит