Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi


21.04.2024 17:58

Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar afzalliklarini keng targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishni yanada faollashtirish bo‘yicha berilgan vazifalar asosida tashkil etilmoqda.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etadi.

Forum dasturiga ko‘ra ishtirokchilar O‘zbekistonda bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish holati va istiqbollari, mahsulot sifati va xususiyatlari hamda bu boradagi jahon standartlari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, ilg‘or texnologiya va uskunalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.04.2024 14:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит