



Joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisida kaolin xom ashyosidan mahsulotlar va boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shu yil 2-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari hamda 2025-yilgi rejalar taqdimotiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi rejalar haqida ham axborot berilib, kaolin ishlab chiqarishni 50 foizga oshirish ko‘zda tutilgani aytildi.
Aytish joizki, davlatimiz rahbari rahnamoligida geologiya sohasiga katta e’tibor qaratilib, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida yerosti boyliklarini aniqlash ko‘lami kengaydi. Ularni qazib olish va qayta ishlash loyihalariga xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda.
Xususan, respublikamizda o‘nga yaqin kaolin konlari aniqlangan bo‘lib, umumiy zaxirasi 1,3 mlrd. tonnani tashkil etadi.
Mazkur konlarni o‘zlashtirish hisobiga joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida kaolin xom ashyosidan kaolinli keramik plitka, sanitar texnik buyumlar, farfor fayans mahsulotlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p ishlab chiqarildi.
O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda mavjud xom ashyo bazasi, ilg‘or texnologiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, boyitilgan kaolin ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish masalalar xususida so‘z yuritildi. Bu borada tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi.
Bu kabi ochiq muloqotlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...

