Korporativ mijozlar bilan yaqin muloqot


10.04.2025 09:51

Korporativ mijozlar bilan yaqin muloqot

Joriy yil 3-8-aprel kunlari Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi yirik korporativ mijozlar — “TEXNOPARK” va “AMIRSOY” korxonalari rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 

Korxonalarning top-menejerlari ishtirokida oʻtgan tadbirlarda bank mahsulotlari va raqamli yechimlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.

Korporativ markaz mutaxassislari tomonidan mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar, “SQB Mobile” mobil ilovasi imkoniyatlari hamda xizmat koʻrsatishga oid yangi jarayonlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. 

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq va atroflicha javob oldilar.

Taʼkidlash joiz, bankning mazkur tashabbusi korporativ mijozlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish va raqamli xizmatlardan foydalanishni ommalashtirishga qaratilgan.

                                                                                                                                                                                                           Bank axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.04.2025 09:53  
up