Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish masalalari o‘rganildi


05.12.2023 17:25

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish masalalari o‘rganildi

Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank sohasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish hamda samarali boshqarish omillariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Markaziy banki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, “Cert Academy” xalqaro trening kompaniyasi hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilish hamda uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir qator vazifalar belgilangan.

Seminarda so‘z olganlar ushbu islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya – “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asosan olib borilayotganini ta’kidladilar.

– Bu borada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida korrupsiya ko‘rinishlarining oqibati bilan kurashish emas, balki sabablarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘zlashtirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov. – Bank tizimida zamonaviy komplayens-nazoratining joriy etilgani hamda ushbu sohada ilg‘or vositalar va uslublar keng qo‘llanilayotgani fikrimizga dalildir.

Tadbirda ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini joriy etishda O‘zsanoatqurilishbank tajribasi taqdimot qilindi.

Tijorat banklarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Bank sohasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bank Axborot xizmati

 

 






Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.12.2023 19:04  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит