Korxonalarni tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish boʻyicha qoʻllanma yaratildi


18.04.2023 14:10

Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida sement, gʻisht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalarni tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish boʻyicha namunaviy metodik qoʻllanma ishlab chiqildi.

Prezidentmizning joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqarish korxonalarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish, bu borada tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qulay sharoit yaratish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarini koʻrish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi.

Birgina qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida 250 ta korxonani koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish yuzasidan manzilli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Sement, gʻisht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish boʻyicha yaratilgan namunaviy metodik qoʻllanma ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlar sirasiga kiradi.

Qoʻllanmada tabiiy gazdan koʻmir yoqilgʻisiga oʻtishda texnologik jarayonlar, ularni amalga oshirishda zarur boʻladigan uskuna va jihozlar, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bosqichlari, shuningdek, koʻmir xom ashyosi xususiyatlari, uni toʻgʻri tanlash va samarali foydalanish jihatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Koʻmir yoqilgʻisidan foydalanishda xorij tajribasi, ilgʻor texnologiyalar, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan.

Bu borada tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari haqida maʼlumot berilgan.

Qoʻllanmaning elektron nusxasini “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining uzsm.uz hamda Oʻzsanoatqurilishbankning sqb.uz rasmiy saytlaridan yuklab olish mumkin.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

09/29/2026 05:51:41 pm
SQB “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.05.2023 15:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит