Mahorat darsi: bank risklarining moliyaviy tahlili


20.02.2025 11:20

Mahorat darsi: bank risklarining moliyaviy tahlili

 

O‘zsanoatqurilishbank tizimida risklarning moliyaviy tahliliga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi. Unda biznes tuzilmalari, korporativ boshqaruv, komplayens nazorati, kreditlashni ma’qullash, monitoring qilish va qarzdorlik kabi muhim risk bloklaridan 60dan ziyod xodimlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda iqtisodiyotni transformatsiya qilishda bank sohasi muhim rol o‘ynamoqda. Tijorat banklari kredit stavkalarini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazorat qilish va tarmoqlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, bank faoliyatining samaradorligini oshirish, kreditlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish va moliyaviy tahlil usullariga asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Mahorat darsini “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Risk bosh direktori S.Ismagilov va Anderrayting nazorati va garov ekspertizasi xizmati rahbar xodimlari V.Sipurka, S.Krupinlar olib bordi.

Mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga bank faoliyatidagi raqobat muhiti va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ta’siri, risk menejerlarining bank moliyaviy natijalariga ta’siri, shuningdek, ushbu ta’sirlarni baholash mezonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Amaliy keyslarda banklarning rivojlanish nuqtalarini aniqlash, qo‘shimcha tahlil mezonlarini belgilash va ularning kreditlash yoki mijoz bilan hamkorlik qarorlariga ta’sirini moliyaviy tahlillar orqali aniqlashga e’tibor qaratildi.

Bunday mahorat darslari nafaqat kreditlash, balki baholash, monitoring va nazorat jarayonlari uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Ushbu mashg‘ulotlar xodimlar tajribasini oshirishga, turli tuzilmalar uchun moliyaviy tahlilning yagona standartini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Bank axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 26.02.2025 16:49  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит