Markaziy Osiyoda yagona loyiha ishga tushmoqda


16.01.2019 19:07

Markaziy Osiyoda yagona loyiha ishga tushmoqda

“O’zsanoatqurilishbank”, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasi va “East mining invest” - O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi o‘rtasida Toshkent viloyatida qurilayotgan zavod uchun asbob-uskunalarning birinchi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur kelishuvga shu yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi oldidan Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida erishildi.

Loyihani amalga oshirishda “O’zsanoatqurilishbank” tashabbuskorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab, konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Umuman, “Wehrhahn GmbH” kompaniyasi bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 2018 yilning avgust oyida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forumda yo‘lga qo‘yilgan edi. Forum mobaynida tomonlar O‘zbekistonda yillik hajmi 2,5 million kub metr bo‘lgan gaz-beton bloklar hamda avtoklav uslubi bilan tayyorlanadigan gaz-beton plitalar ishlab chiqaruvchi 5 ta zamonaviy korxona qurish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagan. Loyihaning umumiy qiymati 130 mln. yevro miqdorida bo‘lib, ulardan 50 mln. yevro xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi.

Qayd etish joiz, ushbu loyiha davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talablariga muvofiq, amalga oshirilmoqda. Uning hayotga tatbiq etilishi kelajakda yangi barpo etilayotgan ob'yektlarda issiqlik va energiyani tejash, maqbul narxlarda va qisqa vaqtda qurish imkonini beradi.

E’tiborlisi, loyiha texnologik uskunalarning energiya samaradorligi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida noyob hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning sifati jahon andozalari bilan raqobatbardoshdir.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит