O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlariga SWIFTgpi tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etdi


24.06.2021 17:11

O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlariga SWIFTgpi tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etdi

O‘zsanoatqurilishbank banklararo tizimda xalqaro to‘lovlarning harakatini uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi SWIFT global payments innovation (gpi)tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etdi.

Ta'kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbankmijozlar tomonidan xalqaro tranzaksiyalarning barcha ko‘rinishlarini o‘tkazish bo‘yicha ishonchli bank sifatida e'tirof etiladi. Ayniqsa, bugungi tez o‘zgaruvchan xalqaro kon'yunktura, kuchli raqobat sharoitida tadbirkorlar uchun tashqi kontragentlar bilan hisob-kitoblarning shaffof va tezkorligining ahamiyati tobora ortmoqda.

Aynan mazkur jihatni hisobga olib O‘zsanoatqurilishbank “Bank-mijoz” dasturidan foydalanuvchi mijozlariga bank-korrespondentlarning ma'lumotini ham taqdim etgan holda o‘z mablag‘ining ayni paytdagi harakatini kuzatib borish imkoniyatini yaratdi.

Endilikda Bank mijozlari to‘lovning harakatini to‘liq ko‘rib turadi. Xususan,tadbirkorlar mablag‘ning bank tomonidan qayta ishlanishidan tortib to‘lov marshrutining tuzilishigacha, korrespondent-banklar zanjiri orqali o‘tib to so‘nggi qabul qiluvchining hisobiga tushishigacha bo‘lgan jarayonlarni kuzatishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun Bank tomonidan mijozlarga to‘lov uchun unikal kod (Tracking Number) taqdim etiladi. Mazkur kod o‘tkazmaning yakuniy manziliga qadar o‘zgarmaydi.

Shu tariqa mijozlar mablag‘ning qaysi bank-korrespondentlar orqali o‘tgani hamda qabul qiluvchi bank hisobiga kelib tushgani haqidagi ma'lumotlarni bilib boradilar.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda 4200 dan ortiq moliya institutlari SWIFT gpi xizmatini joriy etgan.Bu esa banklar va ularning mijozlariga qator afzalliklarni taqdim etadi. O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekistonda SWIFT gpi tizimini joriy etganlik tijorat bankiga aylandi.





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.06.2021 17:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит