Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilish bankka korrupsiyaga murosasizlik sertifikati topshirildi


14.07.2022

Oʻzsanoatqurilish bankka korrupsiyaga murosasizlik sertifikati topshirildi

Joriy yilning 14-iyul kuni Oʻzsanoatqurilishbankka korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi. Mazkur sertifikat bankning barcha koʻrinishdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligini anglatadi, xususiylashtirish jarayonida investorlar va biznes hamkorlari ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning yangicha mexanizmi yaratildi.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, ushbu yoʻnalishdagi ishlar izchil takomillashtirilmoqda. Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bankning ichki va tashqi muhiti oʻrganildi, korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada ehtimoliy lavozimlar roʻyxati belgilab olindi.
Kontragentlarni tekshirish, xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosatiga muvofiqlik deklaratsiyasini taqdim etish, fuqarolarni ishga olish jarayonini videokuzatuv moslamalari orqali yozib, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan xodimlar roʻyxati hamda manfaatlar toʻqnashuvi reyestrini yuritish kabi tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.
“CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi bilan hamkorlikda bank xodimlarini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bilan tanishtirish maqsadida qator oʻquv kurslari tashkil etildi. Natijada bugungi kunda 80 nafarga yaqin top-menejer ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank birinchilardan boʻlib korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartini uch boʻgʻinda (respublika, viloyat va tuman kesimida) joriy qilayotgan muassasa hisoblanadi.
Bankning ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi barcha koʻrinishdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligini bildirib, bank faoliyatini barqarorlashtirishda muhim rol oʻynaydi.

 
Eslatma!
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, mijozlarga xizmat koʻrsatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida “Komplayens ishonch liniyasi” ishga tushirilgan.
Ushbu aloqa liniyalari orqali murojaatlar 24/7 rejimida fuqarolar xohishiga koʻra shaxsini oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda avtomatik ravishda qabul qilinmoqda.
Telefon: 0-800-120-88-88;
Veb-sayt: https://sqb.uz/uz/compliance-hotline/;
Telegram bot: @sqbantikor_bot

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.07.2022 18:13

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up