“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi Aziz Akbarjonovning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigi


21.10.2023 10:59

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi Aziz Akbarjonovning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigi

Muhtaram yurtdoshlar, aziz hamkorlar va hamkasblar! Bankimizning qadrli mijozlari!

Barchangizga bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Jonajon tilimiz asrlar davomida milliy madaniyatimiz, an’ana va qadriyatlarimiz davomiyligini saqlab kelmoqda. Bundan keyin ham muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yangi O‘zbekiston poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.
Zero, bu til Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirdi. Ular tomonidan bitilgan ilmiy-ma’rifiy meros esa, butun dunyo ahlining qalbini zabt etdi, ulug‘ ishlar, kashfiyotlarning yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi.
Quvonarlisi, bugungi kunda ham o‘zbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Azizlar!
Sizlarni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman!
Tan-sihatlik, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.
Ona tilimiz mangu yashasin!




Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2023 11:13  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит