“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Gazprombank” bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi


19.10.2018 20:34

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Gazprombank” bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yirik investitsiya loyihalari va kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bankni strategik rivojlantirish jarayonlarini muvafaqqiyatli amalga oshirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Rossiyaning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Gazprombank” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat Rossiya Federatsiyasining yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblangan “Gazprombank” bilan “O‘zsanoatqurilishbank” o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik munosabatlarining o‘rnatilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Kelishuvda transport, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, qurilish singari muhim ahamiyatga ega sohalarning 50 million AQSh dollari miqdoridagi investitsion loyihalarini moliyalashtirish belgilandi. 
Kelishuv doirasida, savdoni moliyalashtirish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar va qarz kapitali bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish, yevroobligatsiyalarini nafaqat Rossiya Federatsiyasi hududida, balki boshqa xorijiy mamlakatlarda ham chiqarilishi belgilanganini alohida qayd etish joiz.

 “Gazprombank” bilan bank xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish imkonini beradi. 

Ta’kidlash  kerakki, Kelishuv doirasida O‘zbekiston Respublikasida Atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит