
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik subyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB xorijiy hamkorlar bilan ishlovchi, xalqaro turizm va yuk tashish sohalari bilan shugʻullanuvchi, shuningdek faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilishi ehtimoli boʻlgan mijozlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Biznes vakillarining faoliyatidagi vaqtinchalik qiyinchiliklarini eʼtiborga olgan holda, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditning asosiy qarzini qaytarish boʻyicha imtiyozli davr berish hamda yakuniy toʻlovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnomalarini individual tartibda koʻrib chiqishga tayyor.
Mazkur vaziyatlarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlari oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga rasmiy ravishda murojaat qilishlari mumkin.
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

