“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


14.10.2025 09:25

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbankning Navoiy viloyatidagi tarmog‘i xodimlaridan biri fuqaro bilan qo‘pol muloqotda bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

O‘rganishlar natijasida mazkur holat Karmana tumani “Do‘stlik” mahallasida faoliyat ko‘rsatayotgan yollanma agent N.J. (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. Suhbat jarayonida u xizmat etikasi talablariga to‘liq rioya etmagani aniqlandi.

Bank rahbariyati tomonidan agent bilan xizmat suhbati o‘tkazilib, mijozlar bilan muloqot madaniyati va ichki intizom qoidalari yuzasidan tushuntirish berildi. Shuningdek, kelgusida shunday holatlar takrorlansa, tegishli chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, bankning barcha tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish sifati hamda xodimlar kasbiy etikasini yana-da oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilandi.

O‘zsanoatqurilishbank mijozlar bilan muloqotda hurmat, xushmuomalalik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, har bir murojaatni e’tibor bilan ko‘rib chiqishni davom ettiradi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati








Boshqa yangiliklar

11/03/2026 09:45:54 am
Bilim, tajriba va imkoniyat: ayollar tadbirkorligi yölida

Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning biznes yuritiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaş iqtisod ...

11/02/2026 06:23:27 pm
“SQB School”da sun’iy intellekt va ma’lumotlarni boşqariş bõyiça trening õtkazildi

Joriy yil 30-oktabr kuni Õzsanoatqurilişbankning “SQB School” korporativ ta’lim markazida bank xodimlari uçun “Mol ...

10/30/2026 05:30:50 pm
SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiyaviy xavflarni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.10.2025 09:26  
up